Kelgusi yilda narx o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik asosiy vazifa bo‘ladi
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Qayd etilishicha, kelgusi yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik asosiy vazifa bo‘ladi.
- Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oshishining oldini olish maqsadida import bojlari bo‘yicha imtiyozlar muddati kelgusi yil yakuniga qadar uzaytiriladi, – deydi Prezidentimiz. – 2021 yilda iqtisodiyotimiz kamida 5 foizga o‘sishi, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligi ta’minlanadi. Iqtisodiyotning xorijiy valyutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish maqsadida valyuta kreditlari ulushi hozirgi 50 foizdan 45 foizgacha, ya’ni 2 milliard dollarga pasaytiriladi.