Axborot texnologiyalari kompaniyalari hududlardagi bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi.
Shavkat Mirziyoyev 2024 yildan boshlab hududlarda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra,
— IT kompaniyalari hududlardagi bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
— iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
— 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
— eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi va maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard so‘m ajratiladi;
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan so‘rovlarda IT park rezidentlarining 33 foizi hududlarda internet tezligi pastligini aytgan.
Majlisda axborot texnologiyalari xizmatlarini rivojlantirish uchun hududlarda yuqori tezlikdagi internet kerakligi ta’kidlandi.
<iframe width="647" height="1151" src="https://www.youtube.com/embed/nxBQio2mi9c" title="Kelgusi yil IT uchun qancha mablagʻ ajratiladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Marhabo Madaminova,
Asliddin Alijonov (video), O‘zA