Kelgusi yil inflyatsiya darajasi 6 – 6,5 foizga tushiriladi
Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, aholi daromadi, xorijiy sayyohlar oqimi tobora ortib borayotgani kelgusi besh yilda oziq-ovqatga bo‘lgan talabni 1,5 karra oshiradi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini hozirgi 40 milliarddan 60 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinmoqda.
Bozorlarimizni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan butun yil davomida barqaror narxda ta’minlash uchun 2026 yildan doimiy intervensiya tizimiga o‘tiladi.
Hududlardagi “Oziq-ovqat jamg‘armalari”ga ajratiladigan resurs 2,5 barobar ko‘paytirilib, 500 milliard so‘mga yetkaziladi.
Shuningdek, meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada sig‘imi 100 tonnagacha bo‘lgan kichik sovitkichli omborlar barpo etiladi.
Bu ishlar kelgusi yil inflyatsiya darajasini 6-6,5 foizga tushirishga xizmat qiladi.
O‘zA