Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi ikki yilda Xorazm viloyatida tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerakligi aytildi
14:24 / 2024-03-01

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda kelgusi ikki yilda Xorazm viloyatida tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerakligi qayd etildi.

Yaroqsiz yo‘llarning yarmini shu yilning o‘zida ta’mirdan chiqarish, “Urganch – Shovot” yo‘lining 20 kilometrini saqlashga xususiy sektorni jalb qilish topshirildi. 

Viloyatdagi 233 kilometr yo‘llar “hajm” usulida ta’mirlanishi, Tuproqqal’a, Hazorasp, Xonqa va Urganch tumanidan o‘tgan “4R-156” avtomobil yo‘lining 84 kilometri sement beton qoplamaga o‘tkazilishi belgilandi. 

O‘zA