Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi haftada harorat qanday boʻladi?
17:39 / 2019-09-01

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 2-5-sentyabr uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi:


Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 2-5-sentyabr uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi:

QORAQALPOGʻISTON VA XORAZM VILOYATI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4-sentyabrda 12-17, 5-sentyabrda 8-13, kunduzi 2-sentyabrda 25-30 daraja issiq, 3-5-sentyabrda esa 20-25 darajagacha pasayadi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentyabrda 12-17, 3-4-sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 28-33 daraja issiq boʻladi. 4-5-sentyabrda 23-28 darajagacha pasayadi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentyabrda 12-17, 3-4-sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 27-32, 4-5-sentyabrda 23-28 boʻladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentyabrda 13-18, 3-5-sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 30-35, 4-5-sentyabrda 28-33 daraja issiq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo oʻzgarib turadi, 2-sentyabrda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi, 3-5-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-3-sentyabrda 13-18, 4-5-sentyabrda 15-20, kunduzi 2-3-sentyabrda 25-30, 4-5-sentyabrda 23-28 daraja issiq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo oʻzgarib turadi, 2-3-sentyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 4-5-sentyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentyabrda 10-15, 3-5-sentyabrda 8-13, kunduzi 2-3-sentyabrda 17-22, 4-5-sentyabrda 15-20 daraja issiq boʻladi.