English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelgusi besh yilda yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj hozirgidan 1,5 barobar oshadi
16:55 / 2024-12-13

Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan yilda mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollarlik tarixiy marrani zabt etdi.

Keyingi qadam sifatida 2030 yilga borib iqtisodiyotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish reja qilingan.

O‘z navbatida, kelgusi 5 yilda yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj hozirgidan 1,5 barobar oshib, 120 milliard kilovatt soatga yetadi.

O‘zbekiston Parij bitimi doirasida 2030 yilgacha zararli gazlar emissiyasini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha majburiyat olgan. Prezident bu majburiyatni 2050 yilgacha yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Qolaversa, 2025 yil O‘zbekistonda “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

O‘zA