Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelesda yangi sambo klubi faoliyat boshladi
11:49 / 2026-02-17

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, mahoratli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda, yangi-yangi sport klublari, seksiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Keles shahrida sambo bilan shug‘ullanishni istagan yoshlar uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida yangi sport klubi o‘z faoliyatini boshladi.  

Klubning ochilish marosimida ishtirok etgan bir qator mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar ushbu klubdan yaqin kelajakda Vatanimiz sharafini munosib himoya qiladigan iqtidorli sportchilar yetishib chiqishiga umid bildirdi.

Ta’kidlanganidek, bunday sport to‘garaklarining ortishi, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillilari keng yoyilishiga xizmat qiladi.

Mazkur sport klubida tajribali murabbiy Shahzod Shamahmudov yetakchiligidagi mutaxassislar guruhi iqtidorli yoshlarni shug‘ullantirishga kirishdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA