Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelasi hafta Grenlandiya masalasi ko‘rib chiqiladi (+video)
14:34 / 2026-01-09

AQSH davlat kotibi Marko Rubio kelasi haftada Daniya rasmiylari bilan uchrashib, Tramp ma’muriyatining Grenlandiyaga bo‘lgan qiziqishini muhokama qiladi. Bu haqdaYevronyus xabar berdi.

Prezident Donald Tramp Grenlandiyani AQSH nazoratiga olish g‘oyasini yanada qat’iy ilgari surayapti. Oq uy hatto Daniyaga qarashli, o‘zini o‘zi boshqaruvchi Arktika hududi bo‘lgan ushbu orolni qo‘lga kiritish uchun harbiy kuch ishlatish ehtimolini ham inkor etmadi. Marko Rubio shu masalada jurnalistlarga bergan izohida Grenlandiyani “sotib olish” g‘oyasi prezidentning avvaldan rejasida bo‘lganini ta’kidlab, “Grenlandiya masalasini ko‘rib chiqayotgan birinchi AQSH rahbari Tramp emas”, deya qo‘shimcha qildi.  

Tramp va uning maslahatchilari so‘nggi kunlarda orol ustidan nazorat o‘rnatish istagini yanada ochiq bildira boshlaganlaridan so‘ng Daniya va Grenlandiya rasmiylari uchrashuv o‘tkazishga intila boshladi. Oq uyning harbiy kuch qo‘llashni istisno etmasligi, NATO davlatlari bilan munosabatlarda jiddiy taranglikni keltirib chiqardi. Daniya bosh vaziri Grenlandiyaga nisbatan bunday harakatlar NATOning parchalanishiga olib kelishini yana bir bor ta’kidladi.

Davlat kotibi Marko Rubio AQSH Senati va Vakillar palatasi a’zolari uchun yopiq brifing o‘tkazdi. Unda Pentagon rahbari Pit Xegset va general Den Keyn ham ishtirok etgan. Qonun chiqaruvchilarning, xususan senat a’zosi Chak Shumerning Venesueladagi voqealar bilan birga, Trampning Grenlandiya haqidagi so‘nggi bayonotlari ham qiziqtirdi. Lekin, Davlat kotibi AQSH ma’muriyati NATO ittifoqini xavf ostiga qo‘yib, harbiy yo‘lni tanlashi mumkinmi, degan savoliga aniq javob bermadi.  

«Men bu yerda Daniyaga nisbatan harbiy amaliyot bo‘ladi yoki bo‘lmaydi, degan mavzuda gapirmoqchi emasman. Kelasi hafta ular bilan uchrashib masalani muhokama qilamiz», -dedi Rubio jurnalistlarga.  

Shu bilan birga, u har bir AQSH prezidenti mamlakat milliy xavfsizligiga tahdidlarni zarurat bo‘lsa, harbiy vositalar bilan bartaraf etish huquqini saqlab qolishini qayd etdi.Trampning ta’kidlashicha, Arktikada Xitoy va Rossiyadan kelayotgan tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda, dunyodagi eng katta orol bo‘lgan Grenlandiya ustidan nazorat qilish AQSH milliy xavfsizligi uchun zarur.  

Rubio AQSH ma’muriyati Grenlandiyani harbiy yo‘l bilan emas, balki “sotib olish” orqali qo‘lga kiritish niyatida ekanini aytgan. The Wall Street Journal xabar berishicha, bu gaplar dushanba kuni Kapitoliy tepaligida o‘tkazilgan o‘sha maxfiy brifing davomida aytilgan. Ma’lumotni yetkazgan manba esa o‘z shaxsini oshkor qilmaslikni so‘ragan.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zuJoNvZCvVs" title="Kelasi hafta Grenlandiya masalasi ko‘rib chiqiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>                            

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA