English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelajakni bashorat qilmoqchimisiz? Unday boʻlsa, yoshlar qoʻliga qarang, ular qanday kitob oʻqimoqdalar.
09:31 / 2019-04-21

Prezident tashabbusi bilan boshlangan kitob ulashish tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.


Prezident tashabbusi bilan boshlangan kitob ulashish tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida respublikamiz boʻylab maktab oʻquvchilari va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga 12 minga yaqin oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, badiiy va ilmiy, huquqiy adabiyotlar, xorijiy tillarni oʻrganish uchun qoʻllanmalar, lugʻatlar, sheʼriy toʻplamlar, xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalaridan iborat kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

IMG_9415.JPG

– Barchamizga maʼlumki, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishning asosiy manbai, – deydi Yakkasaroy tumanidagi 172-maktab direktori Zebo Ziyomuhamedova. – Bu kabi tadbirlar yoshlarning ilmli, maʼnaviyati yuksak, boy tafakkurga ega yetuk mutaxassis boʻlishlarida beqiyos ahamiyatga ega. Albatta, yoshlarga aynan ular havas qilgan insonlar sovgʻa qilgan kitoblarning oʻrni boʻlakcha. Shuni ishonch bilan aytamanki, Vatanimiz himoyachilari qoʻlidan qabul qilingan bu kabi bebaho sovgʻalar farzandlarimizning kamol topishida oʻz hissasini qoʻshadi.

Aytish mumkinki, ushbu ezgu tashabbus bolalarning kitob oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi, mehrini yanada oshirish bilan birga yosh kitobxonlar safini kengayishi va navqiron avlodning maʼnaviy dunyoqarashi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.


IMG_9434.JPG

IMG_9490.JPG

photo_2019-04-17_18-55-47.jpg

photo_2019-04-18_18-05-26.jpg

photo_2019-04-19_16-12-33.jpg

Nafosat Zafarova,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi