Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajakka qadam” dasturi – amalda
18:55 / 2025-04-28

FOTOREPORTAJ

Buxoro davlat universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, “O‘zmilliybank” AJ Buxoro bo‘limi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvlar universitetning barcha fakultetlarida belgilangan jadval asosida o‘tkazildi.

Ta’kidlash kerak, “Kelajakka qadam” dasturi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va ularning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli boshlashiga ko‘maklashish maqsadiga qaratilgan bo‘lib, loyiha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ hamkorligida amalga oshirilmoqda.

[gallery-23057]

Har bir uchrashuvda ushbu dasturning mohiyati har bir yoshga yetkazilib, uning doirasida qanday imtiyozlar taqdim etilishi, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam mexanizmlari, kasbiy malaka va haq to‘lanadigan amaliyot stajirovka dasturlariga ajratilgan grantlar, startap loyihalarni rivojlantirish va g‘oyadan loyihagacha bo‘lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari batafsil tushuntirildi.

Muloqot so‘nggida universitet rektori va mas’ullar tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shu bilan birga, mazkur uchrashuvlar natijasida talabalar o‘zlarining kelajakdagi maqsadlarini yanada aniqroq belgilab, amaliy ishga kirishdi.

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA