Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak soatlari” mashg‘ulotlari bolalarga quvonch ulashmoqda
16:36 / 2025-11-07

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi YHXB xodimlari tomonidan “Kelajak soatlari” mashg‘ulotlari vohadagi bolalar bog‘chalari va umumta’lim maktablarida izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Jizzax shahridagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulot bolajonlar uchun ham qiziqarli, ham foydali bo‘ldi. Tadbirda inspektorlar bolalarga svetofor, yo‘l belgilarining ma’nosi, piyodalar o‘tish joyida o‘zini tutish qoidalari haqida sodda va ta’sirli tarzda tushuntirish berdilar.

Mashg‘ulot jarayonida bolalarning yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ular rangli qog‘ozlardan yo‘l belgilarini to‘g‘ri joylashtirish, svetofor chiroqlarini tanish bo‘yicha vazifalarni a’lo darajada bajarishdi.

Tarbiyalanuvchilar sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va she’rlar orqali yo‘l belgilarini yodda saqlashni yanada yorqin tarzda ifoda etdilar.  

Shuningdek, Jizzax shahridagi 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi a’zolari ham badiiy chiqishlar orqali bolajonlarga xursandchilik ulashishdi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA muxbiri