Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelajak soati: “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi”
12:15 / 2026-01-12

Bugun Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida o‘quv kuni an’anaviy tarzda ilk dars – “Kelajak soati” bilan boshlandi. Mazkur soat doirasida o‘tkazilgan darsning asosiy mavzusi: “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” bo‘ldi.

– Ushbu dars yosh avlod qalbida Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar Vatan tushunchasining mohiyati, uning tarixi, qadriyatlari va tinchlikning beqiyos ahamiyati haqida teran mulohaza yuritdi. Dars orqali har bir o‘quvchi o‘zini jamiyatning ajralmas bir bo‘lagi, Vatan taqdiriga daxldor shaxs sifatida anglashga undab borildi. Mashg‘ulotlarda ajdodlarimiz jasorati, bugungi tinch hayotimiz posbonlarining fidokorona mehnati haqida fikr yuritilib, o‘quvchilarda shukronalik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ulari mustahkamlandi. “Kelajak soati” doirasidagi ushbu dars nafaqat bilim berish, balki yosh avlodni mardlik, jasorat, tinchlikparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir, – deydi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Firdavs Hidoyatov.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.