Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak soati” darslari harbiylar ishtirokida o‘tdi
12:29 / 2026-01-13

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro viloyatidagi “Jasorat maktablari”da “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzuida “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda.

[gallery-27078]

Buxoro shahrida joylashgan 16-umumta’lim maktabi qoshidagi “Jasorat sinfi”da bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Kelajak soati” darsida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Sherxon Mo‘minov, 522-Safarbarlik chaqiruv rezerv bataloni komandiri, podpolkovnik Feruzbek Komilov hamda Buxoro viloyati Faxriylar kengashi raisi, zaxiradagi podpolkovnik Kamol Sherov ishtirok etdi.

Dars jarayonida mehmonlar tomonidan o‘quvchilar bilan Vatanga sadoqat, tinchlikni ta’minlashda milliy armiyamizning beqiyos o‘rni, harbiylik kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish masalalari yuzasidan mazmunli va samimiy suhbatlar olib borildi.

Ta’kidlash kerak, bugungi kunda viloyatdagi 13 ta umumta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”da 338 nafar o‘quvchi vatanparvarlik, jasorat va fidoyilik ruhida ta’lim-tarbiya olmoqda. Mazkur maktablar faoliyati yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA