English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak merosi” xalqaro mukofoti to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
11:39 / 2025-11-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti nizomi tasdiqlandi. 

Nizomda: 

Xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish, ularni ko‘rib chiqish va talabgorlarni tanlab olish tartibi; 

Xalqaro mukofottanlovini tashkil etish va o‘tkazish, mukofot g‘oliblarini taqdirlash tartibi belgilab berilgan. 

Xalqaro mukofotning statuetkasi va diplomini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligi Davlat byudjetidan ushbu maqsadlar uchun ajaratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 

2025 yilda Xalqaro mukofotini tashkil etish va uni o‘tkazish hamda rasmiy veb-sahifasini ishlab chiqish va ishga tushirish xarajatlari Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi. 

Ushbu Nizom “Kelajak merosi” xalqaro mukofotiga nomzodlarni ko‘rsatish, ularni tanlab olish mezonlari hamda g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash tartibini belgilaydi. 

Xalqaro mukofot adayuiyot, madaniyat, san’at, ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishib, milliy va jahon taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan hamda xorijiy fuqarolarga beriladi. 

Xalqaro mukofot bo‘yicha tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi: 

adabiyot; 

madaniy meros; 

teatr va kino; 

musiqa va raqs; 

tasviriy va amaliy san’at; 

moda va dizayn; 

ilm-fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar. 

Xalqaro mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish va taqdirlash “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti kengashi tomonidan amalga oshiriladi. 

Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan tasdiqlangan.

O‘zA