French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak liderlari” deputatlar faoliyati bilan tanishdi
16:07 / 2021-08-21

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida “Kelajak liderlari” hamda “Ilmli qizlar” klublari a’zolarining poytaxtimizga sayohati tashkil etildi.

Ma’lumki, joriy yilning aprel oyida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatida ilk marotaba tajriba-sinov tariqasida “Kelajak liderlari” klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan davr mobaynida “Kelajak liderlari” klubi tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.  

Sayohat davomida ishtirokchilar O‘zbekison Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyati bilan tanishdi. Tashrifning eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan manzili bu Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif bo‘ldi. Unda ishtirokchilar Qonunchilik palatasi deputatlari faoliyati, “Yoshlar parlamenti” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘di. Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bilan ochiq muloqot qildi. Shuningdek, klub a’zolari O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida vazir bilan, Yoshlar ishlari agentligining ma’sul rahbarlari bilan uchrashdi.  

- Ushbu uchrashuvlar davomida biz qonunlar ishlab chiqish jarayonlarining qanday amalga oshirilishi, davlat organlari va idoralarida davlat xizmatchilariga  yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdik, – dedi O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti talabasi, “Kelajak liderlari” klubi a’zosi Jahongir Norbekov. – Bizga siyosiy arboblar va davlat xizmatchilari tomonidan ham kasbiy, ham shaxsiy rivojlanishimiz uchun bilim va ko‘nikmalar berildi. Uchrashuvlar davomida olingan ma’lumotlarni kelgusi faoliyatimda qo‘llashni maqsad qildim.  

Bu kabi uchrashuvlar yoshlar, xususan klub a’zolarining dunyoqarashini boyitish, tajriba orttirish, kelgusida liderlik qobiliyatlarini shakllantirib, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga, natijada davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, istiqbolli yoshlar orasidan “Kelajak liderlari” yangi avlod zaxira kadrlarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Klub a’zolarining uchrashuvi Toshkent shahridagi G‘alaba bog‘ida bo‘lgan maroqli sayohat bilan yakunlandi.  

[gallery-3511]

Gulnoza Boboyeva, O‘zA