Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak liderlari” davlat xizmatiga shay
17:17 / 2021-05-26

Davlat boshqaruvi akademiyasida Davlat xizmatini rivojlantirish va Yoshlar ishlari agentliklari hamkorligida “Kelajak liderlari” maxsus dasturi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.

Yoshlarni mazkur dastur asosida o‘qitishdan oldin uning uchun respublika bo‘ylab korxona, tashkilot, idoralardan 800 nafar nomzod tavsiya etildi. Shulardan uch bosqichli sinov asosida tanlab olingan 50 nafar tinglovchi 2 oy mobaynida turli sohalar bo‘yicha o‘qitildi.

  

Jumladan, ular liderlik, jamoani shakllantirish, taym-menejment, loyiha boshqaruvi, strategik tahlil, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi fanlardan saboq olishdi.  

Pilot tarzida ishga tushirilgan ushbu maxsus dastur yoshlarning kompetensiyasini rivojlantirdi. Bu esa yangi O‘zbekiston uchun yangi davr kadrlarini shakllantirishda muhim xususiyatni kashf etdi.

Tadbirda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda tinglovchilarning lavozimda o‘sish modeli ustida ish olib borilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA