French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelajak ishonchli kasb bilan mustahkamlanadi (+video)
18:50 / 2026-02-11

Prezidentimiz tomonidan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida bugungi kunda muddatli harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatdan so‘ng jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvi, ularning bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosi doirasida Milliy gvardiya tomonidan harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Respublika kasbiy ko‘nikmalar markazida Milliy gvardiya hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida muddatli harbiy xizmatchilar zamonaviy jihozlangan sinf xonalarida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lmoqda. Mutaxassislar tomonidan yoshlarning qiziqishi, qobiliyati va salohiyatidan kelib chiqqan holda kasb-hunarlar o‘rgatilmoqda.

— Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlar uchun kasbga yo‘naltirish — bu xizmat tugashi bilan hayotda yo‘lini topib ketishi uchun yaratilayotgan aniq imkoniyat, — deydi Milliy gvardiya harbiy qism komandiri o‘rinbosari Mathiddin Rahimov. — Biz ularni nafaqat harbiy intizomga, balki mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratyapmiz. Bu yondashuv har bir xizmatchining kelajagi va jamiyat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Bu tashabbuslar harbiy xizmatchilarni nafaqat kasb egasi, balki mustaqil fikrlaydigan, hayotda o‘z yo‘lini topa oladigan yetuk shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yIEwKoc5vtw" title="Kelajak ishonchli kasb bilan mustahkamlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA