Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak egalari”ga OAV vakillari tashrif buyurdi
21:22 / 2023-07-28

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Yangibozor tumanida joylashgan “Kelajak egalari” iqtidorli bolalar oromgohiga press-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida OAV vakillari oromgohda bolajonlarni sog‘lomlashtirish, miriqib hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar, Besh muhim tashabbus doirasida tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdilar.  

[gallery-12945]

Oromgoh har navbatda 70 nafar dam oluvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, hozirgacha 4 navbatda 280 nafar iqtidorli o‘quvchi ushbu so‘lim maskanda dam oldi.

Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA