Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kelajak egalari” – iqtidorli bolalar oromgohi
08:34 / 2023-07-21

FOTOREPORTAJ

Xorazm viloyati hokimi tashabbusi bilan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Yangibozor tumanida “Kelajak egalari” oromgohi ochildi.  

Oromgohning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.  

[gallery-12842]

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, oromgohda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. O‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli va qiziqarli o‘tkazishi uchun kutubxona, kompyuter xonalari, fan va sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

Mazkur oromgoh ta’til davomida 280 nafar bolani qamrab olishi rejalashtirilgan.

 

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA