Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kelajak avlodga bizdan bog‘ qolsin
15:17 / 2025-04-02

Yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida ham iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazilib, parvarishi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Qorovulbozor davlat o‘rmon xo‘jaligi jamoasi dehqon hamda fermer xo‘jaliklariga o‘zida yetishtirilayotgan 30 ga yaqin turdagi daraxt nihollarini yetkazib berishda ta’minotchi vazifasini bajarmoqda. Mazkur davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 50 gektardan iborat ko‘chat yetishtirish konturida ellikka yaqin ishchi-mutaxassis mehnat qilmoqda.

Xo‘jalikda bugunga kelib 350 ming tupdan ortiq ko‘chat tayyorlangan bo‘lib jumladan, qayrag‘och, sadaqayrag‘och, kulyon, sasna, katalpa, mejavelnik, tut va yasin kabi ko‘chatlarga talab yuqori bo‘lmoqda. 

Mana shunday, sa’y-harakat tufayli viloyatning kenja tumanida  “O‘zneftgazquduqta’mirlash” aksiyadorlik jamiyati jamoasi tomonidan o‘tgan yili “Cho‘lquvar” mahalla fuqarolar yig‘inidan 4,5 gektar alohida yer maydoni obod qilinib, bog‘ barpo etishga kirishilgan. Mazkur bog‘da 2 ming tupdan ortiq qayrag‘och hamda 3 ming tupdan ortiq olmaning serhosil naviga mansub nihol o‘tqazib parvarishlanmoqda.

Aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi joriy yilda ham tashabbus ko‘rsatib,  “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 9 gektar yer maydonini obodonlashtirib, bog‘ yaratishga kirishgan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.