Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keksalarni e’zozlash ezgu an’ana
18:38 / 2022-10-10

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkabog‘ tumani bo‘linmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi tashabbusi bilan “Saxovat” internat uyida bir guruh mahalliy ijodkorlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan otaxon va onaxonlarga ezgu tilaklar bildirilib, go‘zal she’r va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar jamiyatdagi har bir inson, ayniqsa, keksa va yoshi ulug‘ insonlar doimo e’tibor va e’zozda ekanligining amaldagi ifodasidir.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri