FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan muborak Ramazon oyi munosabati bilan “Quvonch va mehr ulashaylik” aksiyasi doirasida nuroniylar holidan xabar olindi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yolg‘iz keksalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashdan iborat.

Ma’lumki, Ramazon oyi rahm-shafqat, bag‘rikenglik va saxovat oyi sifatida yurtimizda keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan partiya vakillari nuroniylar holidan xabar olib, ular bilan samimiy suhbatlashdi.

Tashrif davomida keksalarga kundalik ehtiyojlari uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuningdek, ularning fikr-mulohazalari tinglanib, takliflari o‘rganildi.
Bunday xayrli tadbirlar nuroniylarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA