Keksalarga bir martalik pul mablag‘i va sovg‘alar tarqatildi
Mamlakatimizda keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish yaxshi an’anaga aylangan.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi 100 yoshdan oshgan va yotib qolgan keksalarga Qashqadaryo viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi va “Nuroniy” jamg‘aramasi viloyat bo‘limi hamkorligida bir martalik pul mablag‘lari va sovg‘alar berildi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 100 yoshdan oshganlarga 300 ming so‘m va sovg‘alar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz yashaydiganlarga 500 ming so‘m berildi.
Qariyalar qadr topgan yurtda mehr-oqibat, qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik bo‘ladi. Keksalar e’tibordan mamnun bo‘ldi.
O‘zA