Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Keksalar uchun turizm oyligi”da sud faxriylari vaqtini qanday o‘tkazyapti?
16:20 / 2021-11-26

Vazirlar Mahkamasining “Keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 28 maydagi qaroriga asosan, har yilning noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” etib belgilangan. 

Turizm oyligi doirasida mamlakat bo‘ylab keksalar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning vaqtini yurtimizning diqqatga sazavor ziyoratgoh maskanlar va madaniy meros obektlariga sayohatlar uyushtirish orqali mazmunli o‘tkazish bosh mezon qilib belgilangan. Sud tizimida faoliyat yuritib pensiyaga chiqqan faxriylardan iborat jamoa Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyalari hamrohligida Toshkent viloyatining Zangiota qishlog‘ida 14-asrda barpo etilgan Markaziy Osiyodagi noyob obidalardan Zangiota majmuasi bo‘lishdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

U yerdagi tarixiy shaxslarninng maqbaralarini ziyorat qilishdi. “O‘rta asrlarda Shoshda aholini ilohiy-ahloqiy bilimlar, tasavvufiy yo‘l-yo‘riqlar bilan tarbiyalashga kirishgan va ko‘plab shogirdlar tayyorlaygan Zangi ota va uning izdoshlari  xalq orasida vatanparvarlik, mexnatsevarlik, insof, poklik, yaxshilik, mehr-shafqat kabi umuminsoniy g‘oyalarni, qadriyatlarni targ‘ib qilganligi to‘g‘risida yangi tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldik” – degan fikrlar bilan faxriylarimiz Zangi ota va Anbar onalarning ziyoratidan so‘ng  diniy ulamo, tarixiy shaxs, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidga tashrif buyurishdi.

Faxriy sudyalar masjid hududida betakror go‘zallik bilan tarixiy memorial uslubda qad rostlagan bir butun ansambilga ega bo‘lgan naqadar fusunkor maskan bunyod etilganligiga guvoh bo‘lishdi. Nuroniy yoshdagi onaxon sud faxriylarni ayollar uchun ham nomzxona mavjud ekanligi yanada quvontirdi. Faxriylarimiz bu yerda ko‘p ming kishilik ibodat ado etish uchun mo‘ljallangan erkaklar uchun alohida nomozxona, ayollar uchun alohida nomozxona, muloalaa uchun keng va yorug‘ kutubxona, 220 o‘rinli xalqaro anjumanlar zali va Shayx Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlariga tegishli bo‘lgan buyumlar iborat eksponatlar jamlangan muzeyni ko‘zdan kechirishdi.

Ziyorat bilan yakunlangan sayohatning so‘nggi manzili So‘galli ota maqbarasi bo‘ldi. Bu yerda sud faxriylari, O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamaotchilik Markazi jamoa a’zolari hamda Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyalari o‘tganlarning haqqiga duo qilishdi.

Faxriy sudyalar ishtirokida tashkil etilgan “Keksalar uchun turizm oyligi” ички turizm doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va turli sayohatlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.