Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keksalar salomatligi doimo nazoratda
09:30 / 2023-08-23

Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida “Keksalar salomatligi oyligi” aksiyasi doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rikka 65 ming nafarga yaqin 55 yoshdan yuqori, pensiya yoshidagi nuroniylar qamrab olindi.

– Dastlab ular ro‘yxati shakllantirilib, yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib tegishli guruhlarga ajratildi, – dedi Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi davolash profilaktika yordamni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Haydar Akromov. – Shundan so‘ng salomatlik aksiyasiga jalb qilingan nuroniylar salomatligi tuman va viloyat davolash profilaktika muassasalarining tor doiradagi mutaxassislaridan tashkil topgan, sayyor tibbiy brigada a’zolari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida 10256 nafar, bemorligi sabab uyda yotib qolgan, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, front orti, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yakka-yolg‘iz, l va ll-guruh nogironligi bo‘lgan nuroniylar salomatligi “Xonadonbay” ko‘zdan kechirildi. 

Eng muhimi o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida davolanishga muhtoj bo‘lganlarga viloyat va respublika miqyosidagi davolash profilaktika muassasalariga yo‘llanmalar taqdim etilmoqda. 

Shuhrat Suyarov, O‘zA