Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Keksalar e’zoz va e’tiborda
18:28 / 2022-10-11

Keksalarga hurmat va ehtirom xalqimizning azaliy an’analaridan. Ayniqsa joriy yilning oktyabr oyida tashkil etilgan “Keksalar haftaligi” doirasida ko‘plab yoshi ulug‘ keksalar holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida ham “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda tumandagi 42 ta mahalla faollari hamkorligida Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash haftaligi tadbiri uyushtirildi. Tumandagi faxriy nuroniylar sharaflandi.

Jumladan, ular uchun tumandagi Qamashi MFY madaniyat uyida bayram konserti tashkil etildi. Tadbir so‘ngida tuman markazidagi “Navbahor” to‘yxonasida bir piyola choy ustida davra suhbati uyushtirildi va nuroniylarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Tadbir doirasida Kasbi tumanidagi Hazrati Sulton Mirhaydar ota ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.