Keksa avlod vakillariga izzat-ikrom ko‘rsatildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi tashkilot va muassasalar mehnat faxriylari, suv xo‘jaligi sohasida uzoq yillar mehnat qilgan fidoyi kasb egalari hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
[gallery-19745]
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, keksalarning boy hayotiy tajribasi yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi haqida alohida to‘xtaldi.
Bir guruh faxriylarga “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Madaniyat sohasi vakillarining chiqishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA