Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda qariyb 1100 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizga tushgan
10:11 / 2022-01-31

2022 yil 30 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 223008 (+1089) nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:


53 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
30 nafari Andijon viloyatida,
38 nafari Buxoro viloyatida,
29 nafari Jizzax viloyatida,
32 nafari Qashqadaryo viloyatida,
19 nafari Navoiy viloyatida,
27 nafari Namangan viloyatida,
62 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
49 nafari Surxondaryo viloyatida,
109 nafari Farg‘ona viloyatida,
33 nafari Xorazm viloyatida,
116 nafari Toshkent viloyatida,
472 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.



Kecha kun davomida:


Andijon viloyatida 11 nafar,
Buxoro viloyatida 34 nafar,
Jizzax viloyatida 8 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
Navoiy viloyatida 12 nafar,
Namangan viloyatida 3 nafar,
Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
Xorazm viloyatida 7 nafar,
Toshkent viloyatida 10 nafar,
 Toshkent shahrida 52 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210167 (+145) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1564 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 203 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.