Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda koronavirusdan sog‘ayganlar kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘ldi
11:40 / 2022-07-14

2022 yil 13 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 ming 953 (+71) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Farg‘ona viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.    

Kecha kun davomida Andijon viloyatida 3 nafar, Buxoro viloyatida 6 nafar, Jizzax viloyatida 5 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Samarqand viloyatida 12 nafar, Surxondaryo viloyatida 4 nafar, Farg‘ona viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida 23 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 ming 891 (+92) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.   

O‘zA