Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda kasallanishlar soni yana pasayib, 74 nafar kishida koronavirus aniqlandi
12:10 / 2022-07-05

2022 yil 4 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 ming 196 (+74) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida, 7 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Kecha kun davomida Navoiy viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Samarqand viloyatida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 7 nafar, Farg‘ona viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 8 nafar, Toshkent shahrida 19 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 ming 292 (+62) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

O‘zA