2022 yil 3 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241 ming 122 (+82) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 7 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 7 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Navoiy viloyatida 4 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Toshkent shahrida 14 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 238 ming 230 (+39) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
O‘zA