2022 yil 17 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 242 ming 305 (+69) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 4 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 5 nafari Jizzax viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 14 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Andijon viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Jizzax viloyatida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, Farg‘ona viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 9 nafar, Toshkent shahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 239 ming 196 (+53) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
O‘zA