Kecha yurtimizda 439 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi, 3 nafar bemor vafot etgan
Kecha yurtimizda 3 nafar bemor pnevmoniyadan vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 99 nafarga yetdi.
2021 yil 8 avgust kuni 439 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 14942 nafarga yetdi. Kecha ularning 440 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 7537 nafarni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu haqda xabar qilmoqda.
Yuqoridagi jadvalda pnevmoniya qayd etilishi va ushbu kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichlari viloyatlar kesimida keltirilgan.