Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda 229 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, 3 nafar bemor vafot etgan
10:42 / 2021-11-09

2021 yil 8 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 188398 (+229) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga bu haqda xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

17 nafari Andijon viloyatida,

11 nafari Buxoro viloyatida,

4 nafari Jizzax viloyatida,

2 nafari Qashqadaryo viloyatida,

1 nafari Navoiy viloyatida,

15 nafari Namangan viloyatida,

25 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

2 nafari Surxondaryo viloyatida,

21 nafari Farg‘ona viloyatida,

6 nafari Xorazm viloyatida,

47 nafari Toshkent viloyatida,

75 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Andijon viloyatida 23 nafar,

Buxoro viloyatida 6 nafar,

Jizzax viloyatida 9 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,

Navoiy viloyatida 2 nafar,

Namangan viloyatida 8 nafar,

Samarqand viloyatida 20 nafar,

Sirdaryo viloyatida 30 nafar,

Surxondaryo viloyatida 4 nafar,

Farg‘ona viloyatida 24 nafar,

Xorazm viloyatida 3 nafar,

Toshkent viloyatida 39 nafar,

Toshkent shahrida 92 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 184507 (+265) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1343 nafarni tashkil qildi.

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanayotgan bo‘lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini va bu orqali o‘zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrashini so‘rab qolamiz.