Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda 200 nafarga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etildi
10:03 / 2021-04-07

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 2021 yil 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84127 (+192) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida,  2 nafari Xorazm viloyatida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 140 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, Farg‘ona viloyatida 4 nafar, Toshkent viloyatida 21 nafar, Toshkent shahrida 138 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82055 (+174) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

  Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 633 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1439 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.