French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kecha yurtimizda 133 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilib, 1 nafar bemor vafot etdi
10:06 / 2021-04-06

2021 yil 5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83935 (+133) nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda  Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

3 nafari Andijon viloyatida,

1 nafari Buxoro viloyatida,

4 nafari Navoiy viloyatida,

2 nafari Namangan viloyatida,

16 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

2 nafari Surxondaryo viloyatida,

2 nafari Farg‘ona viloyatida,

3 nafari Xorazm viloyatida,

3 nafari Toshkent viloyatida,

93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Buxoro viloyatida 5 nafar,

Jizzax viloyatida 4 nafar,

Surxondaryo viloyatida 1 nafar,

Toshkent viloyatida 4 nafar,

Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81881 (+118) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1422 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.