2021 yil 21 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87935 (+384) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
2 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
73 nafari Samarqand viloyatida,
8 nafari Surxondaryo viloyatida,
4 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Farg‘ona viloyatida,
3 nafari Xorazm viloyatida,
54 nafari Toshkent viloyatida,
207 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
Buxoro viloyatida 3 nafar,
Jizzax viloyatida 12 nafar,
Navoiy viloyatida 3 nafar,
Samarqand viloyatida 54 nafar,
Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
Xorazm viloyatida 5 nafar,
Toshkent viloyatida 27 nafar,
Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85007 (+290) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2288 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi