Shu kunlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tokio shahrida bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston yetakchisi tashrif doirasida Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yaponiyaning yirik “Shimizu” korporatsiyasi vakili Kazuya Osako mazkur uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– O‘zbekiston Yaponiya uchun juda muhim davlat hisoblanadi. Mamlakatimizning “Shimizu” korporatsiyasi ilgari yurtingizda aeroport rekonstruksiyasi va ko‘priklar qurilishi kabi infratuzilma loyihalarida faol qatnashgan. Bilamizki, o‘lkangizda so‘nggi yillarda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Qayd etishim kerakki, “Shimizu” yuqori sifatli infratuzilmalarni barpo etish orqali O‘zbekistonni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyor.
Bilasizmi, O‘zbekiston Prezidentining Markaziy Osiyodagi yetakchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur uchrashuvlarda ishtirok etish biz uchun katta sharaf. Ushbu muloqotlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonamiz.
Ushbu intervyuni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Zscc6uWCbIo" title="Kazuya Osako: O‘zbekiston Yaponiya uchun strategik hamkor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>D.Hakimov, A.Ahmedov (video), O‘zA