Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kazemiro: Ronaldu? Bu yerda boʻlmaganlar haqida gapirmang
07:11 / 2019-03-01

“Real” yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya Kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Barselona”ga 0:3 hisobida uchralgan magʻlubiyatdan keyin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.


“Real” yarim himoyachisi Kazemiro Ispaniya Kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Barselona”ga 0:3 hisobida uchralgan magʻlubiyatdan keyin oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“– “Real”ga Ronaldu yetishmayotgandir?

– Bu yerda boʻlmaganlar haqida gapirmang. Krishtianu endi biz bilan emas. Bir hafta oldin dunyodagi eng yaxshi “toʻqqiz”lik, deb tan olingan Benzema yonimizda. Biz klubning nomi uchun kurashamiz.

Biz gol ura olmadik, ammo ajoyib oʻyin koʻrsatdik, yaxshi jang qildik va juda koʻplab vaziyatlarga ega boʻldik. Lekin siz gol urmasangiz, albatta, raqib bu ishni qiladi.

Faqat Vinicius haqida gapirish notoʻgʻri. U jasur, botir yigit va hech narsadan qoʻrqmaydi. Oʻz yoshi uchun juda katta oʻyin namoyish qildi”

Eslatib oʻtamiz, Kazemiro “Real Madrid” safida 2012 yildan buyon 178 ta uchrashuvda maydonga tushgan.