Kazaxbayev Saparbay Atabayevichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida murakkab o‘g‘itlar olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida
Kazaxbayev Saparbay Atabayevichning 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Past navli Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida murakkab o‘g‘itlar olishning samarador texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.T.20.30 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 23-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230112, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ch.Abdirov ko‘chasi 1-uy. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Tel.: (99861) 223-60-78
e-mail: karsu_info@edu.uz