Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“KazanForum” Rossiyaga islom sarmoyasini oshirishga xizmat qiladi
13:49 / 2024-03-21

Rossiyada RFga sarmoya kiritish niyatidagi xorijliklar uchun biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish g‘oyasi muhokama qilinmoqda.

Yaqin Sharq mamlakatlari biznes vakillari 2023-yil “Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya loyihalariga investitsiya kiritishning afzalliklariga e’tibor qaratishdi. Bu borada Rossiya bozorining o‘sish sur’ati, Maxsus iqtisodiy zonalardagi qulay sharoitlar, keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beradigan mamlakatlar bilan hamkorlik kabi jihatlar alohida ta’kidlandi. Mutaxassislar, Tatariston Respublikasi kabi, Rossiyaning an’anaviy ravishda Islom dini keng tarqalgan mintaqalaridagi qo‘shimcha imkoniyatlarni e’tirof etishdi.

– Turk investorlari uchun bu yerda kredit berish jarayoni, shuningdek til masalasi bilan bog‘liq afzallik mavjud – tatar tili turk tiliga yaqin, mutaxassislar bir-birini oson tushunadi, – deydi "Joshkunoz Alabuga" xoldingining Rossiyadagi korxonalari rahbari Eljevit Oktem. – Shuning uchun biz investitsiya loyihalarimizni davom ettiramiz.

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelib “KazanForum”da qatnashgan tadbirkorlar fikriga ko‘ra, Rossiyadagi Islom investitsiyasi asosiy tarmoqlari ulgurji savdo va distributsiya, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, oziq-ovqat, qurilish xizmati va turli ishlab chiqarish yo‘nalishlaridan iborat. Shuningdek, Rossiya Kavkazi va Volga mintaqasida mehmonlarga halol turizm taklif etiladi.

2024-yil Rossiyaning “Islom banki” sarmoyadorlar uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda. Dog‘iston, Boshqirdiston, Tatariston va Checheniston hududida 2023-yil sentyabrda yo‘lga qo‘yilgan, 2025-yil sentyabrgacha mo‘ljallangan hamkorlikda moliyalashtirish tamoyillini joriy etish bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda. Hududlar allaqachon tashqi investorlar uchun ochiq. Xususan, Islom moliya sohasi “KazanForum”ning an’anaviy faol ishtirokchisi  Eron Islom Respublikasi bilan hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishiga aylanmoqda. Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov yaqinda Eronga tashrifi chog‘ida buni e’tirof etdi.

Savdo-sotiqda keng istiqbol 14 mamlakat allaqachon qo‘shilib ulgurgan xalqaro logistika loyihasi “Shimol – Janub” transport yo‘lagini rivojlantirish bilan ochiladi. Ta’kidlanishicha, 2023-yildagi birgalikdagi sa’y-harakat eksport, import va tranzit hajmini bir necha barobar oshirish imkonini berdi.

2024-yil 14-19-may kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumida islom biznesining foydali sarmoyasi va rossiyalik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishilishi kutilyapti.

G‘.Xonnazarov tayyorladi.

O‘zA