Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kaxovskaya”dagi portlash qurbonlari 50 kishiga yetdi
17:35 / 2023-07-05

Ukrainaning Xerson viloyatidagi Kaxovskaya GES portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi, deb xabar berdi chorshanba kuni Rossiya Federatsiyasi tomonidan tayinlangan viloyat ma’muriyati favqulodda xizmat vakillari.

– Hududda yana ikki jasad topildi, halok bo‘lganlar 50 kishiga yetdi, 137 kishi kasalxonada, – deb yozgan “TASS”. Avvalroq 48 kishi halok bo‘lgani, 134 kishi yaralangani aytilgan.

Kaxovskaya GES to‘g‘oni 6 iyun kuni ertalab vayron bo‘lgan edi. Moskva va Kiyev to‘g‘on buzilishida bir-birini ayblamoqda.