Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqo‘rg‘ondagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi
08:40 / 2020-11-08

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan Kasb-hunarga o‘qitish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘quv markazda 17 yo‘nalish ochish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda quyidagi 9 yo‘nalishda 212 nafar o‘quvchiga ta’lim berilmoqda.

- tikuvchi - 65 nafar;

- ayollar sartaroshi - 16 nafar;

- erkaklar sartaroshi - 9 nafar;

- kompyuter, IT, web sayt bo‘yicha mutaxassis - 42 nafar;

- elektrik - 10 nafar;

- oshpaz-qandolatchi - 26 nafar;

- mebel ustasi - 10 nafar;

- maishiy xizmat va mobil qurilmalarni ta’mirlovchi usta - 10 nafar;

- payvandlovchi (elektr-gaz, argon) sohasida - 24 nafar.

O‘zA