Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqo‘rg‘onda to‘lanmagan aliment uchun “Matiz” sotildi
21:13 / 2023-07-05

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2020 yil 3 fevraldagi sud hujjatiga asosan qarzdor E.U.dan undiruvchi S.A. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

– Ushbu ijro hujjati bo‘yicha bir necha bor og‘zaki va yozma ogohlantirishlarimizga qaramasdan fuqaro E.U. 24 million 169 ming so‘m miqdordagi aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib keldi, – deydi Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi davlat ijrochisi Jasurbek Rahmonov. – Natijada mazkur qarzdorlikni bartaraf qilish va undiruvchining huquqini tiklash maqsadida qarzdorga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina xatlanib, “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion orqali savdoga chiqarildi. Avtomashina elektron onlayn-auksion savdosida sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘ning 24 million 169 ming so‘mi undiruvchi S.A.ning bank plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

G‘.HASANOV, O‘zA