Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqo‘rg‘onda M-500 markali sement ishlab chiqariladi
16:43 / 2023-07-11

Kattaqo‘rg‘onda barpo etilayotgan “SES Samarqand tsement” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona nafaqat mazkur tuman, balki Samarqand viloyatidagi eng yirik istiqbolli investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.

Umumiy qiymati 340 million AQSH dollari bo‘lgan, qariyb 39 gektar yerda qurilayotgan ushbu korxonada yiliga qariyb 3 million tonna M-400 va M-500 markali sifatli va eksportbop sement ishlab chiqarish mo‘ljallangan.

– Hozirda qurilish ishlarida 1800 dan ortiq mahalliy va xitoylik ishchilar mehnat qilmoqda, – deydi korxona rahbari o‘rinbosari Guansing Ju. – Zavodning ishga tushishi bilan 500 nafardan ortiq kattaqo‘rg‘onliklar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ladi. Shuningdek, dastlabki bosqichda 80 nafar xitoylik ishchilar ular bilan birga ishlab, kasb ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Sement zavodini shu yilning sentyabr oyida ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

G‘.HASANOV, O‘zA