Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi
15:58 / 2025-08-25

Davlatimiz rahbarining shu yil 28 apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida shu paytgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida bo‘lgan 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkiloti Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Jumladan, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti faoliyatini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilar malaka va tajribasini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘roqov Sherzod Rahmonovich mazkur institutga rektor etib tayinlangani ma’lum qilindi. Sh.O‘roqov shu paytgacha SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yig‘ilishda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimova hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i I.Sharipov ishtirok etib, yangi o‘quv yilidan davlat pedagogika instituti sifatida faoliyat boshlayotgan muassasada ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritdilar.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri