Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqoʻrgʻonda IIB va DXX “xujra” tashkil etgan “domla” faoliyatiga chek qoʻydi
14:01 / 2020-07-20

Joriy yil 18-iyul kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar IIB hamda DXX boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.


Joriy yil 18-iyul kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar IIB hamda DXX boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida, 1972-yilda Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan, “Zomin” MFYda yashovchi fuqaro S.M. oʻzining yashash uyida, Kattaqoʻrgʻon shahri hududida istiqomat qiluvchi 9-17 yoshlarda boʻlgan, jami 7 nafar voyaga yetmagan oʻgʻil-qizlarga diniy saboq berish uchun “xujra”da taʼlim berib kelayotganini aniqladi.

“Xujra”da tegishli davlat organlarining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda diniy taʼlim berib kelayotgani, voqea joyidan 7 dona arab yozuvidagi diniy adabiyotlar, 7 dona arab yozuvlari boʻlgan daftarlar va arab yozuvidagi varaqalar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.