English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kattaqoʻrgʻon gʻallachiligi tarixida rekord natija kuzatildi
10:59 / 2020-06-26

Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani gʻallakorlari bu yil 8 ming 926 gektar maydonda gʻalla parvarishlab, moʻl hosil yetishtirdi.


Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumani gʻallakorlari bu yil 8 ming 926 gektar maydonda gʻalla parvarishlab, moʻl hosil yetishtirdi.

Bugʻdoyning gektariga 150-180 kilogrammdan sara urugʻ, 300 kilogramm fosfor hamda 100 kilogrammdan kaliyli mineral oʻgʻitlar bilan ekilgani, ayniqsa, bu yilgi injiq ob-havo sharoitida tajribali dehqonlarimizning zahmatli mehnati yuksak gʻalla xirmoni bunyod etib, kattaqoʻrgʻonliklarning uyi donga toʻlishiga zamin yaratdi.

Tuman mirishkorlari qisqa fursat – 12 kunda 28 ming 214 tonnadan koʻproq gʻalla yigʻib olib, moʻljaldagidan koʻra koʻproq hosil yetishtirdi.

Bu yilgi oʻrim-yigʻim mavsumida tuman gʻallachiligi tarixida yangi rekord oʻrnatildi. Xususan, hududda ilk bor bir kunda rekord darajadagi hosil – 3 ming 818 tonnagacha gʻalla oʻrib olishga erishildi.