Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta yigirmatalik” davlatlari Pekinda o‘tkaziluvchi XXIV qishki Olimpiada o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi
09:54 / 2021-11-01

“Katta yigirmatalik” davlatlari rahbarlari boykotga chaqiriqlar bo‘layotgan Pekinda o‘tkaziluvchi XXIV qishki Olimpiada o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yakdil fikrni bildirdi.

Bu haqda Rimdagi sammitning yakniy bayonotida alohida urg‘u berilgan.

“Biz 2022 yilda Pekinda bo‘luvchi qishki Olimpiada o‘yinlarini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz, musobaqalar butun dunyo atletlari timsolida insoniyat qat’iyatining namoyoni bo‘ladi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, XXIV qishki Olimpiada o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadi.

May oyida AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi xalqaro hamjamiyatni Pekindagi Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilishga chaqirgandi.