Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Katta yettilik” Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi
09:53 / 2022-10-11

AQSH Prezidenti Jo Bayden va “katta yettilik”ning boshqa yetakchilari seshanba kuni videokonferensaloqa shaklida Ukrainaga yordam berish masalasini muhokama qiladilar. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

“Tadbir ishtirokchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zlarining qat’iy majburiyatlarini muhokama qilishadi”, deyilgan bayonotda.

Yig‘ilish Qrim ko‘prigida sodir etilgan terrorchilik harakatiga javoban, Rossiyaning Ukraina energetika, harbiy qo‘mondonlik va kommunikatsiya inshootlariga ommaviy zarba berishi munosabati bilan o‘tkaziladi.
Virtual uchrashuvda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham qatnashadi. 

O‘zA